Anvar G'aniyev - Sevar yorim
Anvar G'aniyev - Sevar yorim

Anvar G'aniyev - Sevar yorim

2063
7
746
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - Sevar yorim:

Sevar yorim, sevar yorim,
Ishqing bo’ldi dilda zorim,
Bu dunyoda bir donasan,
Yagonasan, yagonasan.

Yellar o’pgan sochlaringni,
Oshiq bo’lib silolmadim,
Yuragingda ne bor edi,
Bilolmadim, bilolmadim.

Mujgonlaring lashkarlari,
Bag’ri dilim qon etdilar,
Men oshiqni zor aylabon,
Har neki pinhon etdilar.

Sevar yorim, sevar yorim,
Ishqing bo’ldi dilda zorim,
Bu dunyoda bir donasan,
Yagonasan, yagonasan.

Izlaringda majnun bo’lib,
Vasling o’ylab umrim o’tdi,
Termulardim oy yuzingga,
Hijronimga parda tutdi.

Tunlar hajring olovida,
Jonim kuydi, dilim kuydi,
Ko’zlarida ishq porlagan,
Jayron bo’lib kelgin endi.

Sevar yorim, sevar yorim,
Ishqing bo’ldi dilda zorim,
Bu dunyoda bir donasan,
Yagonasan, yagonasan.

Читать далее Скрыть описание
Еще