Anvar G'aniyev - Ko’nglima
Anvar G'aniyev - Ko’nglima

Anvar G'aniyev - Ko’nglima

5308
0
1412
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - Ko’nglima:

Kengsan o’n sakkiz ming olam,
Torsan igna ko’zidan ham,
Goho og’u, goho malham,
Ko’nglima, ko’nglima, ko’nglim.

Charaqlagan kun ham o’zing,
Zim-zimiston tun ham o’zing,
Gul ham o’zing, hun ham o’zing,
Ko’nglima, ko’nglima, ko’nglim.

Raftoring-u fe’ling turfa,
Eling-u noeling turfa,
Ko’ngilsanu diling turfa,
Ko’nglima, ko’nglima, ko’nglim.

Hayot abad umr soat,
Qaxr mo’ldir mehr qaxat,
Unutmagin shuni faqat,
Ko’nglima, ko’nglima, ko’nglim.

Ko’chalaring bisyor-bisyor,
Biri obod, biri abgor,
Biri kengdir, birisi tor,
Ko’nglima, ko’nglima, ko’nglim.

Qulingdirman, izmingdaman,
Izmingdaman, tizgindaman,
Yaxshi ko’y top yuz qadar,
Ko’nglima, ko’nglima, ko’nglim.

Читать далее Скрыть описание
Еще