Anvar G'aniyev - Kecham

Anvar G'aniyev - Kecham

961
1
287
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - Kecham:

Xotiramdan ketmas hecham,
Zoru bedor yurgan ko’cham,
Ilk bo’sadan mast bo’lgan kecham,
U ko’chaga qaytolmasman,
Ko’ngil sirin aytolmasman,
O’sha yorni unutolmasman.

Bolalik ham sir tush ekan,
Uchib ketar bir qush ekan,
Qolgan umring g’irt tashvish ekan,
U damlarga qaytolmasman,
Yurak dardim aytolmasman,
O’sha yorni unutolmasman.

Bolaligim ketdi mani,
Yigit yoshim yetdi mani,
Shirin dudog’ go’zalim qani,
U kechaga qaytolmasman,
Armonlarim aytolmasman,
O’sha yorni unutolmasman.

Ilk sevgi mushk anbar ekan,
So’ng umrbot axtar ekan,
Yorning o’g’li ham Anvar ekan,
Bolalikka qaytolmasman,
Yurakdagin aytolmasman,
O’sha yorni unutolmasman.

Читать далее Скрыть описание
Еще