Anvar G'aniyev - Yolg’iz ayol
Anvar G'aniyev - Yolg’iz ayol

Anvar G'aniyev - Yolg’iz ayol

1339
3
347
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - Yolg’iz ayol:

Qora qoshlariday mahzun tunlari,
Orzulari shirin kechar hayoldan,
Yiqilgandir yurakning ustunlari,
Yolg’izlikni so’rang yolg’iz ayoldan.

So’z qotsalar tegar unga begumon,
Tunlarini qoplagandir zimiston,
Yo’llarida gul emas o’sadi tikon,
Yolg’izlikni so’rang yolg’iz ayoldan.

Mitti jussasidan jonlar so’raydi,
Azoblarni bitta dardga o’raydi,
O’z xoliga faqat o’zi yaraydi,
Yolg’izlikni so’rang yolg’iz ayoldan.

Peshonasi toshdan nolimaydi hech,
Ko’zi to’la yoshdan arimaydi hech,
Qalbida umidlar qarimaydi hech,
Yolg’izlikni so’rang yolg’iz ayoldan.

Читать далее Скрыть описание
Еще