Qo’llar o’zni navolarga, san’atkorga oson tutmang,
Chidab turli jafolarga, san’atkorga oson tutmang,
Yurtda to’y anjuman ko’pdur, san’atkorning so’zi xopdir,
Gar yo’q desa dushman ko’pdur, san’atkorga oson tutmang,
Uni izzat qiling qulmas, tikonsiz ochilgan gulmas,
Uning dardi faqat pulmas, san’atkorga oson tutmang,
Uni yuzi misli nurdir, tilagi qarsag-u guldir,
Hudo nazar qilgan quldir, san’atkorga oson tutmang.