Anvar G'aniyev - Onajonim
Anvar G'aniyev - Onajonim

Anvar G'aniyev - Onajonim

578
0
166
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - Onajonim:

Hayotimning avvali, yolg’izim onajonim
Tunlari beoromim, kunduzim onajonim
Bersam kam yog’u-borim, bersam ham kam bu jonim
Bosh uray qiblagohim, pok yuzim onajonim.

Onajonim sog’ bo’ling,
Bu dunyoda bor bo’ling,
Baxtimga siz hamisha
Doim baxtiyor yuring.

Dunyolar kengdir mudom, onajonim boridan,
Gullar sochay har maxal, mehribonim poyidan,
Aytgan allalaringiz, yuragimning to’rida,
To’lin oydek osmonim, quyoshim onajonim.

Onajonim sog’ bo’ling,
Bu dunyoda bor bo’ling,
Baxtimga siz hamisha
Doim baxtiyor yuring.

Mening uchun qadrdon, mehribondan mehribon,
Asrasin sizni Alloh, boshimda haq soyabon,
Sizni duolaringiz, meni saqlar har qachon,
O’zim demas, der o’g’lim, der qizim onajonim.

Onajonim sog’ bo’ling,
Bu dunyoda bor bo’ling,
Baxtimga siz hamisha
Doim baxtiyor yuring.

Читать далее Скрыть описание
Еще