Anvar G'aniyev - Onajon (2013)
Anvar G'aniyev - Onajon (2013)

Anvar G'aniyev - Onajon (2013)

562
1
147
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - Onajon (2013):

Sog’indim bir shirin so’zni sog’indim,
Yo’limga nigoron ko’zni sog’indim,
Yuzimni silagan yuzni sog’indim,
Men sizni sog’indim, sizni onajon.

Ruhim allalagan quchog’ingizni,
Qumsadim oftobday nigohingizni,
Ko’zimga surtib ko’z munchog’ingizni,
Men sizni sog’indim, sizni onajon.

Menku bir bag’ritosh qir oshib yurgan,
Go’zallar boshidan gul sochib yurgan,
Sog’ bo’l deb duoga qo’l ochib turgan,
Men sizni sog’indim, sizni onajon.

Olisdan imlagan yulduzlarnimas,
Qayrilma qoshlari qunduzlarnimas,
Aldamchi qizlarni, gul yuzlarnimas,
Men sizni sog’indim, sizni onajon.

Nomingiz gullarga, nurlarga o’rab,
Kuylayin kechani tonglarga ulab,
Yasharman tangrimdan umringiz tilab,
Men sizni sog’indim, sizni onajon.

Читать далее Скрыть описание
Еще