Sherbek Shodiyev - Yoqimlisan
Sherbek Shodiyev - Yoqimlisan

Sherbek Shodiyev - Yoqimlisan

95
0
38

Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Sherbek Shodiyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Sherbek Shodiyev - Yoqimlisan:

Yoqimlisan, go’zallar ichinda jonim a’losan.

Yuzingdagi yorqinoy,
Osmonda ham yo’q.
Qaddingdek sarv hech,
Bo’stonda ham yo’q.

Labingdek la’l yo’q-
Dil etguvchi shod.
Tishingdek toza bir dur,
Konda ham yo’q.
Labingdek la’l yo’q,
Dil etguvchi shod.
Tishingdek toza bir dur,
Konda ham yo’q.

Yoqimlisan, yoqimlisan,
Go’zallar ichinda jonim a’losan.
Yoqimlisan, tanhosan,
Qalbimning malagi, zebosan.

Labing jonbaxsh rayhon orasida-
Bu xislat chashmayi hayvonda ham yo’q.
Senga bir tan teng o’lmas,
bu jahonda:
Tan ermas, ushbu tenglik,
jonda ham yo’q.
Erur Hofizi she’ri shirin, ammo,
Shirinlik yor labidek onda ham yo’q.

Yoqimlisan, yoqimlisan,
Go’zallar ichinda jonim a’losan.
Yoqimlisan, tanhosan,
Qalbimning malagi, zebosan.

Читать далее Скрыть описание
Еще