Sherbek Shodiyev - Dilyora

Sherbek Shodiyev - Dilyora

947
3
228
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Sherbek Shodiyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Sherbek Shodiyev - Dilyora:

Bog’imdagi bitta gulni,
Uzar kunlar keldi bugun.
To’ylar qilib dasturxonlar,
Tuzar kunlar keldi bugun.
Orzularim ushalguvchi,
Go’zal kunlar keldi bugun.
Bu kunlarim oy, yillarga,
Ulansin uzun-uzun.

Dilyora, senga yana baxt tilayman ushbu on.
Shirin-shirin farzand tilayman ushbu on.
Dilyora, sen malika bo’lsang,
Yoring Sharifjon sulton bo’lsin, Taxt tilayman ushbu on.

O’sha uyning erkagina,
Tong-kunduzi bo’l, qizim.
Yolg’iz yoring bittagina,
Oy-yulduzi bo’l, qizim.
Doim shunday ota-onang,
Yorug’ yuzi bo’l, qizim.
Farishtalar «omin» iga,
Uchrasin har bir so’zim.

Dilyora, senga yana baxt tilayman ushbu on.
Shirin-shirin farzand tilayman ushbu on.
Dilyora, sen malika bo’lsang,
Yoring Sharifjon sulton bo’lsin,
Taxt tilayman ushbu on.

Dilyora, senga yana baxt tilayman ushbu on.
Shirin-shirin farzand tilayman ushbu on.
Dilyora, sen malika bo’lsang,
Yoring Sharifjon sulton bo’lsin, Taxt tilayman ushbu on.

Читать далее Скрыть описание
Еще