Qanday hayot bu sensiz?
Nega birgamas bizlar?
Qalbimda sog’inch tengsiz,
Armon qoldirdi izlar.
Shirin orzudan, achchiq qayg’udan,
Ishq deb atalgan ushbu tuyg’udan,
Hatto o’rtanar quyosh,
Hatto tog’da yo’q bardosh.
Ammo dardim ichimda,
Mening erta-kechimda.
Hatto yonadi yulduz,
Hatto yonadi dengiz,
Ammo dardim ichimda,
Hayot uchun.
Uchunda.
Bersa ham afsus, azob,
Taqdir qo’llamasa ham,
Garchi sevgi bejavob,
Yashash kerak baribir.
Shirin orzudan, achchiq qayg’udan,
Ishq deb atalgan ushbu tuyg’udan,
Hatto o’rtanar quyosh,
Hatto tog’da yo’q bardosh.
Ammo dardim ichimda,
Mening erta-kechimda.
Hatto yonadi yulduz,
Hatto yonadi dengiz,
Ammo dardim ichimda,
Hayot uchun.
Uchunda.
Shirin orzudan, achchiq qayg’udan,
Ishq deb atalgan ushbu tuyg’udan,
Hatto o’rtanar quyosh,
Hatto tog’da yo’q bardosh.
Ammo dardim ichimda,
Mening erta-kechimda.
Hatto yonadi yulduz,
Hatto yonadi dengiz,
Ammo dardim ichimda,
Hayot uchun.
Uchunda.