Bir kun yiqilaman, bir kun turaman,
Onam, peshonada borin ko‘raman.
Hali shunday kunlar kelar, bilaman,
Sekingina ko‘zim yoshin artaman,
Yo‘llarimda yaxshi kunni kutaman.
Sekingina ko‘zim yoshin artaman,
Yo‘llarimda yaxshi kunni kutaman.
Hasad olovida to‘lib yurganlar,
Ortimdan g‘iybatim qilib yurganlar,
O‘zlarini osmon bilib yurganlar,
Jimgina kuzatib dunyo ishini,
Yo‘llarimda yaxshi do‘stni kutaman.
Jimgina kuzatib dunyo ishini-ey,
Yo‘llarimda yaxshi do‘stni kutaman.
Hammasi oldinda, chidagin yurak,
Mening chin do‘stim yo‘q O‘zidan bo‘lak.
Shunday kun sen meni qo‘llashing kerak,
Har ishning oxirin o‘ylab boshida,
Yo‘llarimda sevgilimni kutaman.
Har ishning oxirin o‘ylab boshida,
Yo‘llarimda sevgilimni kutaman.
Bir kun yiqilaman, bir kun turaman,
Onam, peshonada borin ko‘raman.
Hali shunday kunlar kelar, bilaman,
Sekingina ko‘zim yoshin artaman,
Yo‘llarimda yaxshi kunni kutaman.
Sekingina ko‘zim yoshin artaman,
Yo‘llarimda yaxshi kunni kutaman.
Yo‘llarimda sevgilimni kutaman.