ГлавнаяHusan Музыка Boshinga ish tushsa bilarsan
Husan - Boshinga ish tushsa bilarsan
Husan - Boshinga ish tushsa bilarsan

Husan - Boshinga ish tushsa bilarsan

238
0
220

Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Husan
Перейти на страницу артиста
Текст: Husan - Boshinga ish tushsa bilarsan:

Bor bo‘lsa mansabu davlating,
Ziyoda hurmatu izzating.
Do‘stim bormu qadr-u qimmating,
Boshingga ish tushsa bilarsan.
Do‘stim bormu qadr-u qimmating,
Boshingga ish tushsa bilarsan.

Hozircha davralar shohisan,
O‘g‘lingni suyangan tog‘isan.
Hozircha davralar shohisan,
O‘g‘lingni suyangan tog‘isan.
Kimningdir mevali bog‘isan,
Boshingga ish tushsa bilarsan.
Kimningdir mevali bog‘isan,
Boshingga ish tushsa bilarsan.

Suyganlaring eslamay qo‘yar,
Ulfatlaring izlamay qo‘yar.
Suyganlaring eslamay qo‘yar,
Ulfatlaring izlamay qo‘yar.
Taqdir seni siylamay qo‘yar,
Boshingga ish tushsa bilarsan.
Taqdir seni siylamay qo‘yar,
Boshingga ish tushsa bilarsan.

Daryo eding oqmay qo‘yarsan,
Pista bodom chaqmay qo‘yarsan.
Daryo eding oqmay qo‘yarsan,
Pista bodom chaqmay qo‘yarsan.
Ayolingga yoqmay qolarsan,
Boshingga ish tushsa bilarsan.
Ayolingga yoqmay qolarsan,
Boshingga ish tushsa bilarsan.

O‘tib ketar davr-u davroning,
Qizimaydi sira qulog‘ing.
O‘tib ketar davr-u davroning,
Qizimaydi sira qulog‘ing.
Jiringlamay qo‘yar telefoning,
Boshingga ish tushsa bilarsan.
Jiringlamay qo‘yar telefoning,
Boshingga ish tushsa bilarsan.

Savol bo‘lib qolar, so‘rog‘ing,
Yolg‘izlikda og‘riydi joning.
Televizor, radio o‘rtog‘ing,
Boshingga ish tushsa bilarsan.
Televizor, radio o‘rtog‘ing,
Boshingga ish tushsa bilarsan.

Keng hovliga sig‘may qolarsan,
Kim edim deb o‘yga tolarsan.
Keng hovliga sig‘may qolarsan,
Kim edim deb o‘yga tolarsan.
Yolg‘izlikda yig‘lab olarsan,
Boshingga ish tushsa bilarsan.
Yolg‘izlikda yig‘lab olarsan,
Boshingga ish tushsa bilarsan.

Boshingga ish tushsa bilarsan.

Читать далее Скрыть описание
Еще