Bilgim kelmas, o‘tmishingni aslo,
Seni qanday bo‘lsang, shunday sevib qoldim.
Lekin bilib qoldim, seni boring yolg‘on,
Senga kerak emas, na sevgi na vafo.
Senda yo‘qdir vafo…
Aytgin nima kerak, senga bu dunyoda,
Ne qilsam to‘ladi, bu ko‘ngling mendan?!
Juda ham kech sezdim, seni yolg‘onlaringni,
Senga o‘xshab, tez unutolmayman.
Ketib qolma mendan.
Aytgin nima kerak, senga bu dunyoda,
Ne qilsam to‘ladi, bu ko‘ngling mendan?!
Aslo xohlamayman, sendan ayrilishni,
Ne qilay charchadim, aybdor bo‘lishdan.
Aytgin nima kerak, senga bu dunyoda,
Ne qilsam to‘ladi, bu ko‘ngling mendan?!
Aslo xohlamayman, sendan ayrilishni,
Ne qilay charchadim, aybdor bo‘lishdan.