ГлавнаяHusan. Музыка 18-yosh edim o'shanda
Husan. - 18-yosh edim o’shanda
Husan. - 18-yosh edim o’shanda

Husan. - 18-yosh edim o’shanda

1153
0
308
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Husan.
Перейти на страницу артиста
Текст: Husan. - 18-yosh edim o’shanda:

Ilk muhabbat yomon ekanda,
Kuydiradi jonni gulxanda.
Kechagidek ko‘z oldimdasan,
O‘n sakkiz yosh edim o‘shanda.

Uyg‘ontirdi sevgi bir pasda,
Jonim oldi bildirmay, asta.
So‘ng azoblab ketdi u xasta,
O‘n sakkiz yosh edim o‘shanda.
Hey, jonim oldi bildirmay, asta,
O‘n sakkiz yosh edim o‘shanda.

Yosh edimda, juda sho‘x edim,
Yonib turgan, olov, cho‘g‘ edim.
Birinchi bor ko‘nglimni berdim,
O‘n sakkiz yosh edim o‘shanda.
Hey, birinchi bor ko‘nglimni berdim,
O‘n sakkiz yosh edim o‘shanda.

Ilk bor suyib, ilk bora kuydim,
Sevgiga ham ishonmay qo‘ydim.
Hammasini taqdirga yo‘ydim,
O‘n sakkiz yosh edim o‘shanda.

Ketsang agar o‘larman derdim,
Va sen ketding, o‘ldim, tirildim.
Boshqa odam bo‘lib yaraldim,
O‘n sakkiz yosh edim o‘shanda.
Hey, boshqa odam bo‘lib yaraldim,
O‘n sakkiz yosh edim o‘shanda.

Yosh edimda, juda sho‘x edim,
Yonib turgan, olov, cho‘g‘ edim.
Birinchi bor ko‘nglimni berdim,
O‘n sakkiz yosh edim o‘shanda.
Hey, birinchi bor ko‘nglimni berdim,
O‘n sakkiz yosh edim o‘shanda.

Читать далее Скрыть описание
Еще