Qalbim uzra hamon, yorishmas oftob,
Sensiz ohim behad, holim betob.
Yo‘qlamaysan nechun vaslingga zoring,
To‘kdim ko‘zdan yoshim, yod etib seni.
Sochlaring o‘ragan, yel bo‘lgim kelar,
Yuzingdan taralgan nur bo‘lgim kelar.
Xayoling bo‘lay, yuragingda qolay.
Qalbimga sig‘madi, ohimning og‘irligi,
Diydoring talabi boshqarar meni.
Kel arzimni aytay, dardingni bayon etib,
Dunyoning rohatin sensiz men netay.
Qalbim uzra hamon, yorishmas oftob,
Sensiz ohim behad, holim betob.
Yo‘qlamaysan nechun vaslingga zoring,
To‘kdim ko‘zdan yoshim, yod etib seni.
Sochlaring o‘ragan, yel bo‘lgim kelar,
Yuzingdan taralgan nur bo‘lgim kelar.
Quvonching bo‘lay, nafasingda qolay.
Tinmay yig‘lar osmon, qalbimga qayg‘u solib,
Kezarman bemakon, ishqingda yonib.
Ming jonim bo‘lsa gar, so‘rasang berardim,
So‘nggi nafasda ham seni yod etib.
Quvonching bo‘lay, nafasingda qolay.
Qalbimga sig‘madi, ohimning og‘irligi,
Diydoring talabi boshqarar meni.
Kel arzimni aytay, dardingni bayon etib,
Dunyoning rohatin sensiz men netay.