Majnun bo’lib qolganman, sen go’zalning dastidan.
Endi yomon qarama, kipriklaring ostidan.
Kuydirmagin yaxshi qiz, yomoni yo’q yigitman,
Aka juda yomonsiz, deysan alam ustidan.
Majnun bo’lib qolganman, sen go’zalning dastidan.
Endi yomon qarama, kipriklaring ostidan.
Ozor bermay bezdirmay, mendan ko’ngling uzdirmay,
Yuraginga kiraman sevishimni sezdirmay.
Majnun bo’lib qolganman,
Sen go’zalning dastidan.
Endi yomon qarama
Kipriklaring ostidan.
Xafa bo’lib qoldingmi, men oshiqning dastidan,
Endi xafa bo’lmagin, men oshiqning dastidan,
Yomon qarab qo’yarsan, kipriklaring ostidan.
Endi yomon qarama, kipriklaring ostidan.
Majnun bo’lib qolganman, sen go’zalning dastidan.
Endi yomon qarama, kipriklaring ostidan.
Sog’inch to’lib toshmoqda, mehrim senga oshmoqda,
Taqdir bir ko’rinmoqda, qaytgin ko’ngil qastidan.
Majnun bo’lib qolganman,
Sen go’zalning dastidan.
Endi yomon qarama
Kipriklaring ostidan.