Botir Qodirov - Adashdim
Botir Qodirov - Adashdim
Видео:

Botir Qodirov - Adashdim

2930
0
2711
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Botir Qodirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Botir Qodirov - Adashdim:

Uzun-uzun sochlaringni qarosida adashdim,
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim.

Umidvor bo’ldi ko’ngil visoling lazzatiga,
Ammo hijronning jabru-jafosida adashdim.
Ishq sahrosin kezib dor, sani izladim bedor,
Topolmay ko’z yoshlarim daryosida adashdim.

Uzun-uzun sochlaringni qarosida adashdim,
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim.

Adashganim bo’ldi rost, gul umrimdan ketdi yoz,
G’o’r yoshlikning tuzalmas xatosida adashdim.
O’chmadi shirin yoding xayolim ko’zgusidan,
Seni izlab o’zga yor siymosida adashdim.

Uzun-uzun sochlaringni jilosida adashdim,
Ikki kamon qoshlaringni qarosida adashdim.
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim,
Uzun-uzun sochlaringni jilosida adashdim.

Читать далее Скрыть описание
Еще