Qo’limni uzatsam yetmaydi,
Daryoday toshibsanku to’lib,
Yodimdan ko’zlaring ketmaydi
Qo’lingdan tutayin ketmagin endi,
Yorim bilsang xolim bo’larim bo’ldi.
Ko’kdagi porlagan yulduzsan,
Ko’z ochib ko’rganim kunduzsan,
Yurakni qiynagan bir hissan
Qo’lingdan tutayin ketmagin endi,
Yorim bilsang xolim bo’larim bo’ldi.
Tengi yo’q Barno deb ataymu,
Nozik lab Ra’no deb ataymu,
Borimni poyingga to’kaymu,
Qo’lingdan tutayin ketmagin endi,
Yorim sensiz dunyoda bo’larim bo’ldi.
Sochingga lab urar shamollar,
Quchoqlab to’lg’onar ro’mollar,
Oh meni qiynaydi savollar,
Qo’lingdan tutayin ketmagin endi,
Yorim sensiz dunyoda bo’larim bo’ldi.