Botir Qodirov - Yig’laysanmi
Botir Qodirov - Yig’laysanmi

Botir Qodirov - Yig’laysanmi

4729
17
2071
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Botir Qodirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Botir Qodirov - Yig’laysanmi:

Tun kechalar ko’kda hilol kulib turar,
Hilolmisan hiloldayin kulmaysanmi?
Sen kulmasang boshginamga osmon qular,
Seni qanday e’zozlashim bilmaysanmi?

Sen ham meni sog’inganda yig’laysanmi,
Seni qanday e’zozlashim bilmaysanmi?

Balki bedor, balki orom olib shul chog’,
Tortadursan uyqu ichra bir o’tli ox,
Ko’rgil bizni ne ko’ylarga soldi firoq,
Tushlaringda meni quchib uxlaysanmi,
Sen ham meni sog’inganda yig’laysanmi?

Mensiz xatto dunyolarga sig’maysanmi,
Sen ham meni sog’inganda yig’laysanmi?

Ranjimagin sevging menga azob desam,
Hijroningda orzularim sarob desam,
Ranjimagin sevging menga azob desam,
Hijroningda nechun bo’ldim xarob desam,
Yana meni o’z xolimga qaytar desam.

Ko’ksimga bosh qo’yib battar tig’laysanmi,
Sen ham meni sog’inganda yig’laysanmi?

Sensiz qalbim faryodlarga to’lib borar,
Jonsiz jismim lahza sayin so’lib borar,
Bu dard meni ming bo’lakka bo’lib borar,
Sevsang agar xolim so’rab kelmaysanmi,
Sen ham meni sog’inganda yig’laysanmi?

Читать далее Скрыть описание
Еще