Taqdir podsho bizni aytganni qilmas,
Dardimizni bizdan o’zgalar bilmas,
Netay oyda bir bor ko’rgayman seni,
Asli sendan bir on ajragim kelmas.
Sen davondan uyoqda men buyoqda,
Umrimizning yarmi o’tdi firoqda.
Suyganingdan olis yurmoq yomondir,
Yoningga bormoqdan qaytmoq osondir,
Hijron o’zi zo’r azobki bilmayman,
Bu hijrondan qanday jonlar omondir.
Sen davondan uyoqda men buyoqda,
Umrimizning yarmi o’tdi firoqda.
Yaxshiyamki bardosh bor qanoat bor,
Hayotda turfa xil sir sinoat bor,
Ey sevgilim bariga sabr aylasak,
Bizga ikki dunyo baxt saodat bor.
Sen davondan uyoqda men buyoqda,
Umrimizning yarmi o’tdi firoqda.