Botir Qodirov - Senga nima bo’ldi
Botir Qodirov - Senga nima bo’ldi

Botir Qodirov - Senga nima bo’ldi

6266
17
2224
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Botir Qodirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Botir Qodirov - Senga nima bo’ldi:

Yuragim to’xtovsiz urmoqda,
Ko’nglim behuzur bo’lmoqda.
Xayolim bir nishon bermoqda,
Senga nimadir bo’ldimi?

Yomg’ir bo’lib yig’layapman,
Ko’ksim mushtlab tig’layapman,
Ne qilarim bilmayapman, yor.

Kunlarim o’tmay qoldi,
Tunlarim o’tmay qoldi,
Bardoshim yetmay qoldi,
Senga nimadir bo’ldimi?

Ohlarim bir bayt, jonim,
Halovatga qayt, jonim.
Xastamisan, ayt, jonim,
Senga nimadir bo’ldimi?

Hijron qilmasin adovat,
Diydor ko’rsatsin sahovat,
Xudoga topshirdim seni omonat.

Kunlarim o’tmay qoldi,
Tunlarim o’tmay qoldi,
Bardoshim yetmay qoldi,
Senga nimadir bo’ldimi?

Ko’z yoshlaring bo’ldi art,
Yuqtirmayman biror gard.
Baxtga sodiq bitta mard –
Yonginangda men borman.

Читать далее Скрыть описание
Еще