Botir Qodirov - Otam

Botir Qodirov - Otam

82
0
36

Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Botir Qodirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Botir Qodirov - Otam:

Bu dunyodan vafo topmagan odam,
O’ylagan o’yiga yetmagan odam,
Orzulab dunyodan ketmagan odam,
Hayotdan ko’nglini uzmagan odam.

Onam rixlat qilgach sag’ir o’sdim deb,
Ona mehriga men faqir o’sdim deb,
Yarim ko’ngil, yarim bag’ir o’sdim deb,
Otangiz yoshiga yetmay ketdingiz,
Otasin yoshiga yetmagan otam.

Yaxshi yedirayin, yaxshi kiysin deb
O’zim g’ambodaman, bolam kulsin deb,
O’zim ko’rmaganim bolam ko’rsin deb,
Davru-davronini ko’rmay ketdingiz,
Davru-davronini ko’rmagan otam.

Hech qachon mehnatdan qilmasdingiz or,
Yozda o’t ichida, qishda kechib qor.
Ekkan daraxtingiz mevasi bisyor,
Bog’ qilib, mevasin totmay ketdingiz,
Bog’ qilib, mevasin totmagan otam.

Yetimlik nonini yedirmadingiz,
Faqirlik to’nini kiydirmadingiz,
Ortingizdan yig’lab qoldi o’g’il-qiz,
Kasbu kamolimiz ko’rmay ketdingiz,
Kasbu-kamolimiz ko’rmagan otam.

Ollohdan martaba, umrlar so’rab,
Suyub nabiralar, boshini silab,
Har kuni bir kelib holimiz so’rab,
Uy qurib, to’risin ko’rmay ketdingiz,
Uy qurib, to’risin ko’rmagan otam.

Bizning davronimiz surmagan otam,
Bizning davronimiz surmagan otam.

Читать далее Скрыть описание
Еще