Ahdimizga tegdi ko’z, andisha yo’qoldi-da.
Bo’ldik-da rosa gap-so’z, do’stu dushman oldida.
Erkaliklaring oshib, qirg’oqlaridan toshib,
Ulgurmay qoldim shoshib, do’stu dushman oldida.
Baxtimizga tegdi ko’z,
Andisha yo’qoldi-da.
Bo’ldik-da rosa gap-so’z
Do’stu dushman oldida.
Men ham g’ururni tanlab, muhabbatim kishanlab,
Yuribmanda man-manlab, do’stu dushman oldida.
Axir bunday emasding, qaro tunday emasding,
Ortiqcha so’z demasding do’stu dushman oldida.
Baxtimizga tegdi ko’z,
Andisha yo’qoldi-da.
Bo’ldik-da rosa gap-so’z
Do’stu dushman oldida.
Kelgin, ortga qayt endi, yo boraymu, ayt endi?
Yarashmoqlik payt endi, do’stu dushman oldida.
Eh, jonga tegdi bu qiynoq, yarashaylik bugunoq,
Yashaylik ahil-inoq do’stu dushman oldida.
Baxtimizga tegdi ko’z,
Andisha yo’qoldi-da.
Bo’ldik-da rosa gap-so’z
Do’stu dushman oldida.