Botir Qodirov - Do’ppi
Botir Qodirov - Do’ppi
Видео:

Botir Qodirov - Do’ppi

97
0
45

Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Botir Qodirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Botir Qodirov - Do’ppi:

Poyimda qolar Himolay cho’qqisi,
Boshimda tursa marg’ilon do’ppisi.
Poyimda qolar Everest cho’qqisi,
Boshimda tursa Andijon do’ppisi.

Tog’lardan mag’rurman, tog’lardan baland,
Men o’zbekman, boshda o’zbek do’ppisi.
Men o’zbekman, boshda o’zbek do’ppisi!

Surhondo’ppi, anjondo’ppi, shoshdo’ppi,
Boshga kiysam, turar mag’rur bosh, do’ppi.
Shoir Chustiy Mahmud polvon boshidan
Arimagan dillarga dildosh do’ppi.

Poyimda qolar Himolay cho’qqisi,
Boshimda tursa Andijon do’ppisi.
Poyimda qolar Himolay cho’qqisi,
Boshimda tursa o’zbegim do’ppisi.

Tog’lardan mag’rurman, tog’lardan baland,
Men o’zbekman, boshda o’zbek do’ppisi.
Men o’zbekman, boshda o’zbek do’ppisi!

Asli millat tojidirsan sen azal,
O’zligimdan so’ylagaysan har mahal.
Afriqo-yu, Amriqo-yu, har yerda
O’zbegimning faxridirsan eng avval.

Poyimda qolar Himolay cho’qqisi,
Boshimda tursa o’zbegim do’ppisi.

Tog’lardan mag’rurman, tog’lardan baland,
Men o’zbekman, boshda o’zbek do’ppisi.
Men o’zbekman, boshda o’zbek do’ppisi!

Читать далее Скрыть описание
Еще