Botir Qodirov - Bir bo’sa ber
Botir Qodirov - Bir bo’sa ber

Botir Qodirov - Bir bo’sa ber

86
0
26

Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Botir Qodirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Botir Qodirov - Bir bo’sa ber:

Ey yuzing shavqi tanimdin oldi jon, bir bo’sa ber,
Vay labing zavqi ichimni qildi qon, bir bo’sa ber.

Tobakay qahring bila nokom o’ylakim goh-gohi,
Til uchidin lutf etib ochib dahon, bir bo’sa ber.

Xastalarg’a no’shi la’lingdur ravo baxsh abad,
To topoy man ham hayoti jovidon bir bo’sa ber,
Bir bo’sa ber.

Gar tani bemorima bermak tilarsan noza jon,
Jon kibi ko’ksim aro aylab makon, bir bo’sa ber.

Bo’sai la’ling nabotig’a gar istarsan baho,
Mandin olib hosil-u, jon-u jahon, bir bo’sa ber.

Yo’qsa izhor aylabon mehru-muruvvat rasmini,
Man g’aribi bedilingga royig’on bir bo’sa ber.

Lahza-lahza to’tiyi ta’bimni go’yo istasa,
Shakkaristoni labingdin har zamon bir bo’sa ber.

Oshkoro bo’sa bermakdin agar sharm aylasang,
Xilvat ichra kelib, eldin nihon bir bo’sa ber.

Ogahiy piru zaif o’lmish chekib ishqing yukin,
Istasang oni qari-yu, navjivon, bir bo’sa ber,
Bir bo’sa ber. Bir bo’sa ber…

Читать далее Скрыть описание
Еще