Botir Qodirov - Yoronlar
Botir Qodirov - Yoronlar

Botir Qodirov - Yoronlar

79
0
29

Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Botir Qodirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Botir Qodirov - Yoronlar:

Rangi-ro’ying somonmi, Tanu-joning omonmi,
Demang holing yomonmi, Yoronlar!
Men yonmayin kim yonsin, Qanday dilim quvonsin?
So’zlarimga ishonsin-ey, Yoronlar.

Bir cho’g’ tushdi ichimga, Dushman bo’ldim tinchimga.
Dardimni aytay kimga, Yoronlar?
Sevibman toshbag’irni, Bir zolim serqahrni.
Yondirishga mohirni, Yoronlar.

Yoronlar, ey yoronlar, Yuragimda bo’ronlar.
Boshda shovqin-suronlar, Ey yoronlar.
Yoronlar, ey yoronlar, Ayting tili biyronlar,
Bitsin intizor onlar, Ey yoronlar.

Yo’llariga zor etdi, Dunyolarni tor etdi,
Bir bora keldi, ketdi-yey, Yoronlar.
Ko’zim ko’zida qoldi, Oftob yuzida qoldi,
Jonimni yulib oldi-yey, Yoronlar.

Shundan yuzim somondir, Holim shunga yomondir,
Sog’ligim ham gumondir-ey, Yoronlar.
Sevgi nima, og’umi? Chaqmoqmi yo yog’dumi?
Sehrmi yo jodumi, Yoronlar?

Yoronlar, ey yoronlar, Yuragimda bo’ronlar.
Boshda shovqin-suronlar, Ey yoronlar.
Yoronlar, ey yoronlar, Ayting tili biyronlar,
Bitsin intizor onlar, Ey yoronlar.

Читать далее Скрыть описание
Еще