Oppoq qog’oz qarshimda, nima deb yozay?
Bo’g’zimda bitta so’z, aytolmayapman,
Uch yil oldin o’pkamni to’ldirgan isni,
Ming turfa guldanam topolmayapman.
Qalbimda chugilgan bir katta tugin,
Onamni sog’inib yurak bo’ldi hun,
Ovutguvchi zot yo’q qoshimda bugun,
Sabrim to’ldi jon ona, sog’indim sizni.
Tugab bitmas boyligim, o’zimni chiroyligim,
Mustiparim onama, xokisorim onama.
Tugab bitmas boyligim, o’zimni chiroyligim,
Mustiparim onama, xokisorim onama.
Ona ko’ngli bolada, bola ko’ngli dalada,
Yuzga kirsa ham odam, ona uchun bolada,
Hech kimga bildirmayin yig’lab pana-panada,
Sabrim to’ldi jon ona, sog’indim sizni.
Dunyoning barcha shodligu, rohatlarini,
Alishmasman onamning eski ro’mollariga,
Chetga surdim, qo’ydim dunyo ishlarini,
Sabrim to’ldi jon ona, sog’indim sizni.
Tugab bitmas boyligim, o’zimni chiroyligim,
Mustiparim onama, xokisorim onama.
Tugab bitmas boyligim, o’zimni chiroyligim,
Mustiparim onama, xokisorim onama.