Do’st as qotar bosh bukilsa kulfatlardan,
Kulfatlarni topar odam ulfatlardan,
Sen do’st qidir ulfatga ko’p ishonmagin,
Saqlar o’zi shayton odam sifatlardan.
Jonga oro kiruvchi do’st qadriga yet,
Bir do’st a’lo ming xazina ziynatlardan.
Jonga oro kiruvchi do’st qadriga yet,
Bir do’st a’lo ming xazina ziynatlardan.
Ostonangdan ketmay ko’zing yog’in yalab,
Ulfat xazar qilmas xatto tuxmatlardan,
Haqiqiy do’st do’stingman deb aytmaydi hech,
Ajratib ol sen lochinni kalxatlardan.
Jonga oro kiruvchi do’st qadriga yet,
Bir do’st a’lo ming xazina ziynatlardan.
Jonga oro kiruvchi do’st qadriga yet,
Bir do’st a’lo ming xazina ziynatlardan.
Vafo nima qilsin qomat suratlarda,
Sadoqatni izla botin siyratlardan,
Ko’kda yolg’iz hudo do’sting demak yerdan
Do’st tanlagin Muhammadga ummatlardan.
Jonga oro kiruvchi do’st qadriga yet,
Bir do’st a’lo ming xazina ziynatlardan.
Jonga oro kiruvchi do’st qadriga yet,
Bir do’st a’lo ming xazina ziynatlardan.