Arazlari jahllari,
Zaharga to’la tillari.
Bekor ketdi qo’shiqlarim qaramadi,
Bitta qiyo boqishga ham yaramadi.
Moqi edi qo’llaring,
Desam qay yonga yo’llaring.
Bekor ketdi gap so’zlarim qaramadi,
Bitta qiyo boqishga ham yaramadi.
Zebo Zebo Zebo Zebo dedim,
Qarab qarab qarab qarab menga qiyo dedim.
Zebo sensiz kunduz kunlari men,
Qop-qora qop-qora qop-qora zim-ziyo dedim.
Karashmalari nozlari,
Buncha shirin ovozlari.
Bekor ketdi maqtovlarim qaramadi,
Xushomadim qarashiga yaramadi.
Tegib ketibman joningga,
Sekin borgandim yoningga.
Shiringina shapaloqni ayamading,
Deding bitta zarbimga yaramading
Zebo Zebo Zebo Zebo dedim,
Qarab qarab qarab qarab menga qiyo dedim.
Zebo sensiz kunduz kunlari men,
Qop-qora qop-qora qop-qora zim-ziyo dedim.(2x)