Ixtiyor G'afforov - Vatan

Ixtiyor G'afforov - Vatan

189
1
119

Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2020
Артисты
Ixtiyor G'afforov
Перейти на страницу артиста
Текст: Ixtiyor G'afforov - Vatan:

O’n gulingdan ochilmagan derdilar,
Yo’llaringa sochqilar sochilmagan derdilar.
O’n guling ham charaqlab ochildiku oh yurtim,
Yo’llaringa zar kumush sochildiku oh yurtim.

O’zbekiston yagona Vatan uchun yashaylik,
Vatan ichra bu go’zal chaman uchun yashaylik.(2×)

Kel, azizim, yonimga yulduzmisan oymisan,
O’zbegimsan hamisha yupunmisan boymisan.
Vatandoshim shu tengsiz vatanni kuylashaylik,
Zamon keldi bizlar ham
Dunyoga bo’ylashaylik.

O’zbekiston yagona Vatan uchun yashaylik,
Vatan ichra bu go’zal chaman uchun yashaylik.(2×)

Aytmasinlar g’animlar kimlargadir zor bu yurt,
Buyuk Sohibquroni, Alisheri bor bu yurt.
Olloh o’zi yetkazgan inomini asragay,
Tug’rosini, taxtini, islomini asragay.

O’zbekiston yagona Vatan uchun yashaylik,
Vatan ichra bu go’zal chaman uchun yashaylik.(2×)

Читать далее Скрыть описание
Еще