Nohaq azoblardan qiynaldi jonim,
Ko’klarga tutashdi ohu fig’onim,
Qoramtir bulutlar zoru afg’onim,
Muncha arzon bo’lding arzanda jonim.
Boshimga ish tushsa toshlar otishdi,
Ishongan do’stlarim eshik yopishdi,
Qayoqlarda qolding do’stu nolonim,
Muncha arzon bo’lding arzanda jonim.
Yorimga ayladim jonimni fido,
Nogoh kelib dedi xayr alvido,
Bevaqt hazon bo’lgan abru naysonim,
Muncha arzon bo’lding arzanda jonim.
Yorimga ayladim jonimni fido,
Nogoh kelib dedi xayr alvido,
Bevaqt hazon bo’lgan abru naysonim,
Muncha arzon bo’lding arzanda jonim.
Hamma o’zi bilan o’zi ovvora,
Nokaslar qo’lida ishonchli chora,
Bir umr qo’msagan mehrga zorim,
Muncha arzon bo’lding arzanda jonim.
Endi kutmagayman hech kimdan shavqat,
Ollohim o’zingdan so’rayman faqat,
Umidvor bo’lmasin chashmi giryonim,
Muncha arzon bo’lding arzanda jonim.
Yorimga ayladim jonimni fido,
Nogoh kelib dedi xayr, alvido,
Bevaqt hazon bo’lgan abru naysonim,
Muncha arzon bo’lding arzanda jonim.
Yorimga ayladim jonimni fido,
Nogoh kelib dedi xayr alvido,
Bevaqt hazon bo’lgan abru naysonim,
Muncha arzon bo’lding arzanda jonim.
Yorimga ayladim jonimni fido,
Nogoh kelib dedi xayr alvido,
Bevaqt hazon bo’lgan abru naysonim,
Muncha arzon bo’lding arzanda jonim.
Yorimga ayladim jonimni fido,
Nogoh kelib dedi xayr alvido,
Bevaqt hazon bo’lgan abru naysonim,
Muncha arzon bo’lding arzanda jonim.