Surayyo Qosimova - Farzandim
Surayyo Qosimova - Farzandim

Surayyo Qosimova - Farzandim

1456
4
923
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Surayyo Qosimova
Перейти на страницу артиста
Текст: Surayyo Qosimova - Farzandim:

Qiz bolaga atlas ko’ylak yarashmaydimu?
Chamanzorda ra’nogulga qarashmaydimu?
Qiz bolaga atlas ko’ylak yarashmaydimu?
Chamanzorda ra’nogulga qarashmaydimu?

Yigit baxtin farzand bilan sanashmaydimu?
Farzanding bor, dilbanding bor, davlating shudir,
Yurt quvonchi, uy yupanchi, savlating shudir.

O’gil, qizim – farzandim, ishq bog’ida payvandim,
O’gil, qizim – farzandim, ishq bog’ida payvandim,
Bog’lanib bandu-bandim, sog’inganda o’rtandim.
Farzandim – shakar, qandim,
Farzandim – asal, qandim.

O’nta bo’lsa o’rni boshqa, umring niholin,
Ota-ona kecha-kunduz o’ylar iqbolin,
Ardoqlaydi farzandining ko’rib kamolin,
Farzanding bor, shunqoring bor, bahoring shudir,
Farzanding bor, yodgoring bor, chinoring shudir.

Asl farzand muroddur yo Nodir-o, Farhoddur,
Asl farzand muroddur yo Nodir-o, Dilshoddur,
O’gil-qizlar qanotdur, farzand baxt-saodatdur,
Farzand baxt-saodatdur.

Ming tasanno, ming ofarin, mehribon ona,
O’gil-qizlar jasorati to’yga bahona,
Yaxshi farzand o’stirganni qutlar zamona,
Farzanding bor, uying kechar tinch-farog’atda,
Yaxshi farzand yashnayversin chaman hayotda,
Asl farzand yashayversin go’zal hayotda.

O’gil, qizim – farzandim, ishq bog’ida payvandim,
O’gil, qizim – farzandim, ishq bog’ida payvandim,
Bog’lanib bandu-bandim, sog’inganda o’rtandim.
Farzandim – shakar, qandim,
Farzandim – asal, qandim.

Читать далее Скрыть описание
Еще