Nolimang ona dasturxondan
Nolishiz o’tar har kun jondan
Tilimni na iloj tishlayman
Otam o’rniga men ishlayman!
Otam bemorlar indamang
Kamsitib otamni qiynamang
Yotibdi bekor deb o’ylamang
Otam o’rniga men ishlayman!
Mayli bo’lay ona jonim musofir
Har kuni shu qo’llarim bo’lsa ham kir
Otamlarga qazmangda faqat qabr
Otam o’rniga men ishlayman!
Hozir otamni oq yuvib oq tarang
Faqat otamga mehr ko’zla qarang
Shunday og’ir kunlarida siz yarang
Otam o’rniga men ishlayman!
Otam ham zerikkan ahir yotishdan
Kunlari o’tyapti boshi qotishdan
Yig’lar achchiq so’ziz og’ir botishdan
Otam o’rniga men ishlayman!
Boshlarida bor ekanda og’ir kun
Qiynayapsiz bilib turub ne uchun
Mehr bering otamga yashash uchun
Otam o’rniga men ishlayman!
Havas qilsin odamlaru ayollar
Sizday ayol borligiga qozilar
Mehrlariz savob bo’lib yozilar
Otam o’rniga men ishlayman!
Turg’izamiz otamizni oyoqqa
Berib qo’ymay hassa degan tayoqqa
Baxtimizni alishvormang taloqqa
Otam o’rniga men ishlayman!