Murodjon Mashrabov - Qoʻrqaman
Murodjon Mashrabov - Qoʻrqaman

Murodjon Mashrabov - Qoʻrqaman

306
0
87

Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Murodjon Mashrabov
Авторы текстов
Mirzo Ozod
Аранжировщики
Abzal Husanov
Композиторы
Murodjon Mashrabov
Перейти на страницу артиста
Текст: Murodjon Mashrabov - Qoʻrqaman:

Do’stlarimga zor bo’lishdan qo’rqaman,
Dushmanimga xor bo’lishdan qo’rqaman.(2x)

Tuxmat qilib tuymaydigan zotlarning,
Davrasida bor bo’lishdan qo’rqaman. (2x)

O’t ketganda yo’g’u bor ham yongaydur,
Qalovini topsang qor ham yongaydur.(2x)

Chin ko’ngildan chalsang tor ham yongaydur,
Sozga tushmas tor bo’lishdan qo’rqaman.(2x)

Nafas olgan har bir onim xush ondur,
Qarg’alar ko’p bulbul hanuz xush xondur.
Qanotlarim sayyodlarga nishondur,
Yaralangan sor bo’lishdan qo’rqaman.

Bir oshiqman dunyolarga sig’magan,
Sevaman deb aytgan keyin yig’lagan.(2x)

Yuragimni kiprigida tig’lagan,
Bevafoga yor bo’lishdan qo’rqaman.(2x)

Do’stlarimga zor bo’lishdan qo’rqaman,
Sozga tushmas tor bo’lishdan qo’rqaman.

Читать далее Скрыть описание
Еще