Shaxboz Nosirjonov - U tomon

Shaxboz Nosirjonov - U tomon

945
0
301
Информация о песне:
Дата выпуска
22.08.2020
Артисты
Shaxboz Nosirjonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Shaxboz Nosirjonov - U tomon:

Bizning sevgi qissamiz boshlangandi o’zgacha,
Xayolimdan ketmas nega hali hanuzgacha,
Yodimda ilk bor ko’rishganimizda ko’zlaring,
Eng mehribon kuning bo’lgan shu kungacha.
Mani chorlayveradi sandagi shirin ifor,
Seni yarim kun ko’rmasam dunyo bo’ladi tor,
Sog’inib qolgan chog’imda barini unutib,
Barcha rejalarimni qilardim san deb bekor.

O’ylamagandim kechib ketasan bunchalar oson.
O’rtamizdagi tuyg’ularni sotasan arzon,
Tuyg’ularimiz xor bo’lib xazonlardek yotar,
Ayt uchun qanday xotirjam tonglaring otar?

Sen ketasan u tomon, u tomon,
Men ketaman bu tomon, bu tomon,
Borasan baxt tomon, baxt tomon,
Qancha bu dardlar bo’lar deya tamom.

Sen ketasan u tomon, u tomon,
Men ketaman bu tomon, bu tomon,
Borasan baxt tomon, baxt tomon,
Qancha bu dardlar bo’lar deya tamom.

Axir baxtimizga qolgan ediku bir qadam,
Bir-birimizga ishonmadik bermadik yordam,
Eng yaqin odaming begonaga aylansa,
Og’ir zarbaga duch kelib qolar ekan odam.

Afsuski vaqtida qaror qabul qilolmading,
O’z baxting uchun ortingga qadam tashlolmading,
So’nggi qaroring oxiri men bo’laman desam,
Boylikdan voz kechib ortingga qarolmading.

O’ylamagandim kechib ketasan bunchalar oson.
O’rtamizdagi tuyg’ularni sotasan arzon,
Tuyg’ularimiz xor bo’lib xazonlardek yotar,
Ayt uchun qanday xotirjam tonglaring otar?

Sen ketasan u tomon, u tomon,
Men ketaman bu tomon, bu tomon,
Borasan baxt tomon, baxt tomon,
Qancha bu dardlar bo’lar deya tamom.

Sen ketasan u tomon, u tomon,
Men ketaman bu tomon, bu tomon,
Borasan baxt tomon, baxt tomon,
Qancha bu dardlar bo’lar deya tamom.

Читать далее Скрыть описание
Еще