Nega berolmadim jafo,
O’ldiring degan so’zingga.
Nega qalb chekar azob,
Qarab turib ko’zingga.
Bugun sen ketarsan,
Egningda oq libos.
Sen o’zgaga yetarsan,
Jonim o’zingni bos.
Yuragimga g’am to’ldi,
Netay to’ldi, to’ldi, to’ldi.
Azizim bugun men uchun,
Butunlay o’ldi, o’ldi, o’ldi.
Ko’nadi vujuding endi,
O’zgani bag’riga.
Oldin meni ko’mib ket,
Bu yerning qa’riga.
Berma savol manga berma savol,
Og’rigan qalbimdan yo’q javob.
Manga berma savol, manga berma savol.
Bu kun axir yuragim bo’ldi harob.
Berma savol manga berma savol,
O’tgan shuncha yildan berma savol.
Manga berma savol, manga berma savol.
Bedor o’tgan tundan manga berma savol.
Umrbod birga bo’lish uchun man sevgandim uni,
U bo’lsa bugun o’zgaga bag’ishladi tunini,
Ayt qalbim uchun bormi bundan ortiqroq jazo,
Qaysi qilmishim uchun buncha berasan azob.
Bugungi tun ishon go’yo o’limday o’tar,
Avaylagan go’zalim kim bilandir yotadi,
Sotadi qalbimni lekin qoldirib nishonda,
Nimadir qilardim lekin qo’llarim kishanda.
Ichgim keladi ammo qo’limda bo’sh qadah,
O’g’ridi qalbim bugun yuragim bo’lib karaxt,
Go’zalim yig’lama bu kunlar o’tadi,
Mani sevgan qalbing uni ham sevadi.
Endi borolmiyman yoningga yana ko’rgani,
Bu holatga qachondir ketaman o’rganib,
Lekin ishon bo’lmadi taqdirdan kutganim,
Azob chekkanimdan ko’ra yaxshi unutganim.
Unutganim yaxshi, voz kechganim yaxshi,
Qiynalganimdan ko’ra unutganim yaxshi.
Ko’rgan eding yaxshi, ko’rgan edim yaxshi,
Bizni tuyg’ularga kimlar bo’ldi qarshi.
Ketaqol o’ylamay, qo’yaver indamay,
Qalbimdagi hislarni qo’ymadim kuylamay,
Qoladi qo’lda may, ichaman to’xtamay,
Ko’rinay yomon ichaman to’xtamay.
Berma savol manga berma savol,
Og’rigan qalbimdan yo’q javob.
Manga berma savol, manga berma savol.
Bu kun axir yuragim bo’ldi harob.
Berma savol manga berma savol,
O’tgan shuncha yildan berma savol.
Manga berma savol, manga berma savol.
Bedor o’tgan tundan manga berma savol.