Anvar G'aniyev - Sokin kecha
Anvar G'aniyev - Sokin kecha

Anvar G'aniyev - Sokin kecha

912
1
338
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - Sokin kecha:

Sokin kecha o’ksib-o’ksib ko’nglim yig’lar,
Sarson bo’lib aro yo’lda sevgim yig’lar,
Baxtsiz bo’ldik telba taqdir so’qmog’ida,
Endi bizning sevgimizni kim ham o’ylar,
Goh yig’lading, gohi mayus kulib ketding,
Oh sevgilim yuragimni yulib ketding.

Ikki ko’ngil ikki sohil qirg’og’ida,
Zor yig’laydi hijronlarning qiynog’ida,
Kuygan yurak endi aslo ishonmaydi,
Jonim seni yana qaytib ko’rmog’iga.
Goh yig’lading, gohi mayus kulib ketding,
Oh sevgilim yuragimni yulib ketding.

Qancha so’zlar qolib ketdi aytilmadi,
Nelar bo’lsa bo’ldi ortga qaytilmadi,
Bizlar kutgan o’sha go’zal baxt degani,
Bizni yolg’on taqdirlarga bitilmadi.
Goh yig’lading, gohi mayus kulib ketding,
Oh sevgilim yuragimni yulib ketding.

Читать далее Скрыть описание
Еще