Gul rangi yanog’ida, bir tomchi dudog’ida,
Yuragim yonar mani, shu qizchaning qiynog’ida,
Nigohi sho’x boqib-boqib, yuragimni yoqib-yoqib
So’z demay ketar kulib, qoshlarin qoqib-qoqib.
Jon olar kulib-kulib,
Sevgimni bilib-bilib,
Qilig’i nozi shirin,
Ko’ksimni tilib-tilib
Qaramaydi Ra’no desam,
Bunchalar barno desam,
Boqmagay bir qayrilib,
Ko’zlarin shaxlo desam.
Jon olar kulib-kulib,
Sevgimni bilib-bilib,
Qilig’i nozi shirin,
Ko’ksimni tilib-tilib
Yo’qlamaydi kelib bir bor,
Yo’llariga men intizor,
So’z desam nozlar etib,
Menga ko’p berib ozor.
Jon olar kulib-kulib,
Sevgimni bilib-bilib,
Qilig’i nozi shirin,
Ko’ksimni tilib-tilib