Anvar G'aniyev - Kelinchak-2
Anvar G'aniyev - Kelinchak-2

Anvar G'aniyev - Kelinchak-2

1162
2
358
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - Kelinchak-2:

Oq qush misol parvozlarga shaylangan,
Ertakdagi malikaga aylangan,
Sultoniga kelin bo’lib saylangan,
Singiljonim qutlay bugun to’yingiz,
Ostonasi tillo bo’lsin uyingiz.

Oq atirgul siz tong chog’i ochilgan,
Chimildiqqa iforlari sochilgan,
Chehrasida oftob kulgan, oy kulgan,
Shaloladan tiniq orzu o’yingiz,
Ostonasi tillo bo’lsin uyingiz.

Kelinchak, kelinchak,
Kuyov bag’ri belanchak.
Kelinchak, kelinchak,
Kuyov bag’ri belanchak.

Siz tursangiz yashnab turfa libosda,
Tovlanasiz tovusdek har nafasda,
Qo’shni qizlar termulishar xavasda,
Chaman bo’lar yurgan ko’cha ko’yingiz,
Ostonasi tillo bo’lsin uyingiz.

Bir kun kelar jannatlardan sabolar,
Momolardan meros sirli navolar,
Go’zallikni yo’rgaklagan bahorlar,
Gul bahorlar qutlar beshik to’yingiz,
Ostonasi tillo bo’lsin uyingiz.

Kelinchak, kelinchak,
Kuyov bag’ri belanchak.
Kelinchak, kelinchak,
Kuyov bag’ri belanchak.

Читать далее Скрыть описание
Еще