ГлавнаяAnvar G'aniyev Музыка O'zim hofiz sevgan yorim to'yida-2
Anvar G'aniyev - O’zim hofiz sevgan yorim to’yida-2
Anvar G'aniyev - O’zim hofiz sevgan yorim to’yida-2

Anvar G'aniyev - O’zim hofiz sevgan yorim to’yida-2

7634
33
2728
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - O’zim hofiz sevgan yorim to’yida-2:

Sizlarga hofiz yigit haqidagi hikoyamning davomini aytib bermoqchiman. To’ydan keyin kelinchak o’zga xonadonga, ko’nib yashay boshlabdi, ammo yuragi nimadandir g’ash bo’laveribdi. Bu kundan-kunga avj olaveribdi. Ota-onasining qistovi bilan uylangan kuyov ham, kelinchakka nisbatan sovuq muomalada bo’la boshlabdi. Kelin bilan kuyovning bir-biriga bo’lgan munosabati, kun sayin yomonlashib, arzimagan baxonalar tufayli, uyda har kuni janjal bo’ladigan bo’libdi. Oxir oqibatda homilador kelin ota-onasinig uyiga ketishga majbur bo’libdi. Vaqti soati kelib homilador kelinning ko’zi yorib, o’g’il farzandli bo’libdi. Farzandining ismini esa hofiz yigitning ismi bilan atabdi.

To’y kechada dildor ham zor-zor kuyibdi,
Badavlat yorini yolg’on suyibdi,
Kun kelib qora ko’z o’g’ilchasiga,
Men hofiz oshiqning ismin qo’yibdi.

Otayu-onasin rayiga qarab,
Yot uyda o’zgaga yor bo’ldi yorab,
Dilbandin baxtini hudodan so’rab,
Men hofiz oshiqning ismin qo’yibdi.

Orzu baxt qo’lidan tuta olmayin,
Yo armon sharobin yuta olmayin,
Otashin sevgimiz unutolmayin,
Men hofiz oshiqning ismin qo’yibdi.

Читать далее Скрыть описание
Еще