Hilola Hamidova - Muxabbat baxti

602760
3038
Информация о видео:
Артисты
Hilola Hamidova
Перейти на страницу артиста
Текст: Hilola Hamidova - Muxabbat baxti:

Muhabbat baxtidan sarxush edim man,
Jannat tarifida bir tush edim men.
Aslida shod hajridan homush edim men,
Netaykim hayoli faromush edim men.

Endi mening qalbima, muhabbat o‘t yoqmaydi,
Yuragimda bir tosh bor, erimaydi, oqmaydi.(2x)

Soyga yalpiz suydirib qoyil edim men,
Ishqning ganjidan boyir edim men.(2x)

Qatra mehr ko‘rsatsa kim, moil edim men,
Ko‘pning ko‘zin kuydirib, shoir edim men.

Endi o‘tlig‘ so‘zlarim, biror dilni yoqmaydi,
Yuragimda bir tosh bor, erimaydi, oqmaydi.

Rad aylamish ul yor, ohlar urarman,
Endi qandayin bosh ko‘tarib yurarman.

Endi uzun mahzun o‘ylar surarman,
Balkim Majnun bilan davra qurarman.

Endi mening holima, biror hayrixoh boqmaydi,
Yuragimda bir tosh bor, erimaydi, oqmaydi.

Endi o‘tlig‘ so‘zlarim, biror dilni yoqmaydi,
Yuragimda bir tosh bor, erimaydi, oqmaydi.

Erimaydi, oqmaydi….

Читать далее Скрыть описание
Еще