ГлавнаяHilola Hamidova Клипы Sevgisini aytolmagan qiz

Hilola Hamidova - Sevgisini aytolmagan qiz

270762
1759
Информация о видео:
Артисты
Hilola Hamidova
Перейти на страницу артиста
Текст: Hilola Hamidova - Sevgisini aytolmagan qiz:

Hayolan har kechda sizga boradi,
Sochingiz taraydi qo’llari yolg’iz.
Asli yolg’izlikning yolg’izdir yori,
Sevgisini sizga aytolmagan qiz.(2x)

Dardlarini tinglab tebranar rayhon,
Iforin mast qilgan shamoli hayron. (2x)
Sevgisini sizga aytolmagan qiz.(2x)

Sizga taxtlar tutgay uning dil ko’shki,
Saratonda salqin ilingan ashki. (2x)

Jilovlab yashaydi dil uqmas rashkin,

Sevgisini sizga aytolmagan qiz(2x)

Atamaslar uni badavlat malak,
Davlati yo’q axir ko’nglidan bo’lak,
Hatto tushingizga kirmasa kerak,
Sevgisini sizga aytolmagan qiz.

Dil rozin o’zi so’zmi bir og’iz,
Shuni aytdirmaydi g’urur yalmog’iz. (2x)

Sizning hotir bilan yashaydi yolg’iz,

Sevgisini sizga aytolmagan qiz. (2x)

Hayolan har kechda sizga boradi
Sochingiz taraydi qo’llari yolg’iz,
Asli yolg’izlikning yolg’izdir yori
Sevgisini sizga aytolmagan qiz,
Sevgisini sizga aytolmagan qiz.

Читать далее Скрыть описание
Еще