Ey, ey, ey, ey…
Yashirmasman, dunyoda tenggi yo‘qsan,
Oshig‘ingman bir umrga.
Orzu osmonida birgamiz,
Sevgi to‘la ko‘nglimiz,
Sen va men birgamiz.
Kel, ketamiz uzoqlarga,
Tashvishi yo‘q tomonlarga,
Sayr etamiz sevgi shahrida, ey.
Kel, uchamiz osmonlarga,
Unutamiz yomonlarni,
G‘iybatlar bo‘lmas osmon bag‘rida.
Hammadan ham go‘zalsan oq libosda,
Yaqin yurma-a qayg‘ularga.
Sevging chin bo‘lsin,
Bir umrga vafoli bo‘l sevgimga,
Sen va men, biz birga…
Kel, ketamiz uzoqlarga,
Tashvishi yo‘q tomonlarga,
Sayr etamiz sevgi shahrida, ey.
Kel, uchamiz osmonlarga,
Unutamiz yomonlarni,
G‘iybatlar bo‘lmas osmon bag‘rida.
Seni ko‘rsam, yanada yashagim kelar…
Kel, ketamiz uzoqlarga,
Tashvishi yo‘q tomonlarga,
Sayr etamiz sevgi shahrida, ey, ey, ey, ey.
Kel, uchamiz osmonlarga,
Unutamiz yomonlarni,
G‘iybatlar bo‘lmas osmon bag‘rida.
Ey, ey, ey, ey…