Avval sevgi izhor etdi u,
Yo‘llarimni har kun kutdi-ku.
So‘ng dilim g‘ashlab ketdi u,
Uni boshqa uchratmadim.
Dard bilan ko‘rishdimu, lekin,
Baxt bilan uchrashmadim men hech.
Holi ne kechdi ekan, dilim g‘ash,
Uni boshqa uchratmadim.
Uchratmadim sevgimni ham,
Yuragimni ezar alam.
Armon menga bo‘ldi malham,
Uni boshqa uchratmadim.
Ey, yuragimni ezdi alam,
Uni boshqa uchratmadim.
Ranjiganim bilan baribir,
Sevardimda men uni ahir.
Sog‘inch dilni ezar muttasil,
Uni boshqa uchratmadim.
Ey, peshonamda yo‘q ekan visol,
Baxtingni top ey sohibjamol.
Har tomon olin qochar xayol,
Uni boshqa uchratmadim.
Boshim urib yorsam chidarmikin tosh,
Farqini bilmayman, qon bilan ko‘z yosh.
Yodimga tushganda, o‘shal bag‘ri tosh,
Uyqusiz kechalar, dardim cho‘lg‘asa,
Tushlarimda bo‘lsa ham, meni bir bor yo‘qlasa.
Uchratmadim sevgimni ham,
Yuragimni ezar alam.
Armon menga bo‘ldi malham,
Uni boshqa uchratmadim.
Ey, yuragimni ezdi alam,
Uni boshqa uchratmadim.