Botir Qodirov - Muborak kun
Botir Qodirov - Muborak kun

Botir Qodirov - Muborak kun

1074
0
449
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Botir Qodirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Botir Qodirov - Muborak kun:

Bu ulug’ yillarning hikoyasi bor,
Gohi baxt, gohi ishq afsonasi bor.
Buni hayot derlar, bunda insonning
Goh zarbi, gohida himoyasi bor.

Mehribon insonning, yaxshi insonning
Qadrdoni ko’pdir, ulfati ko’pdir.
Bir-biridan aziz farzandlari-yu
Shirin nabiradek parvonasi bor.

Bugungi chiroyli kun muborakdir,
Muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt.

Onamni baxtiyor qildingiz, dada,
Qiz-u o’g’illarga panoh bo’ldingiz.
Otang kim desalar, sevinaman-da,
Sizning o’g’lingizman, sizning o’g’lingiz.

Mana, oila bor har birimizda,
Nabira, chevara qurshovidasiz.
Biz sizdan o’rgandik yashashni, ota,
Doim mehrimizning qurshovidasiz.

Bugungi chiroyli kun muborakdir,
Muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt.

Ellik yil – bu hali oltmishning boshi,
Oldinda turibdi yetmishning oshi.
Olloh marhamatin ayamasin hech,
Yuzga kirib yuring, oilaboshi!

Kimdir to’y boshlasa, boshida turib,
Kimdir muhtoj bo’lsa, kamin to’ldirib,
Mehribon bo’ldingiz qarindoshlarga,
Duolar oldingiz ehsonlar qilib.

Yaxshi niyatlarga bersin ijobat,
Sizni har ko’chada kutaversin baxt.
Bugungi chiroyli kun muborakdir,
Muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt.

Читать далее Скрыть описание
Еще