Asir etgan ul sanamki, dilimga jon ekan debman,
Muxabbatda xato qibman, sevish armon ekan bilsam,
Ko’zini chashmu anbarlar, piyru gulzor ekan debman,
Kamon o’qidir kipriklar, ko’ksim nishon ekan bilsam.
Labini bir aqiq deymu, yanog’im ag’loni debman,
Tilida sehri-yu jodu, tishi sezam ekan bilsam.
Sochini dor ekan debman, mehrga zor ekan debman,
Shu dorlara mani osdi, bevafo yor ekan bilsam.
Qoshingni qarosiga-yo Layli-Laylo
Xol bo’ldim orasiga-yo Layli-Laylo
Yo’limni to’smang yaxshilar-o Layli-Laylo
Buxoroda yorim yakka-yo Layli-Laylo
Bahorimda lolasiz-o Layli-Laylo
Yuragimda nolasiz-o Layli-Laylo
Qiynab mendek g’aribni-yo Layli-Laylo
Uvolimga qolasiz-o Layli-Laylo
Berganing menga bugun ursho’x saloming g’alati,
Oldiku jonu-dilim bo’yla kaloming g’alati,
Suv sepay ko’z yoshdan u, kiprik ila yo’l sipiray
Sen misoli xo’ja men misli G’uloming g’alati.
Buxoroda yorim yakka-yo Layli-Laylo
Buxoroda yorim yakka-yo Layli-Laylo