Bonu - Birinchi qor

318047
2333
Информация о видео:
Дата публикации
02.01.2021
Язык
Узбекский
Страна
Узбекистан
Артисты
Bonu
Перейти на страницу артиста
Другие клипы Bonu:
Текст: Bonu - Birinchi qor:

Yuragimda quvonch yog’ardi birinchi qor,
Sevinardi hamma men kabi beg’ubor,
Shunda nogahon seni ko’rib,
Yoningga borgandim yugurib.
Ko’zlaring boqardi negadir gunohkor.
Shunda nogahon seni ko’rib,
Yoningga borgandim yugurib.
Ko’zlaring boqardi negadir gunohkor.

Titrab, yig’lab deding sevgimiz ado,
Senda emas menda emas xato,
Otam-onam berdi o’zgaga va’da,
Kechirgin yorim deding sen alvido.

Shu gapni sen aytdingmi desam,
O’z so’zingdan qaytdingmi desam,
Seni deyman ishongin desam,
Taqdir ekan tushungin deysan.

Qanday azob aytgin bu birinchi qor,
Sevgimni topgandim axir bahor,
Gunohim nima ayt birinchi qor?
Sevgim qaytarolmas endi bahor.

Nahot sendan ajratib ketdi birinchi qor?
Yuragimni muzlatib ketdi birinchi qor,
Berolmayman bunga bardoshlar,
Ammo ko’zlarimda yo’q yoshlar,
Xayolimda faqat aytgan so’zlaring bor.
Berolmayman bunga bardoshlar,
Ammo ko’zlarimda yo’q yoshlar,
Xayolimda faqat aytgan so’zlaring bor.

Titrab, yig’lab deding sevgimiz ado,
Senda emas menda emas xato,
Otam-onam berdi o’zgaga va’da,
Kechirgin yorim deding sen alvido.

Shu gapni sen aytdingmi desam,
O’z so’zingdan qaytdingmi desam,
Seni deyman ishongin desam,
Taqdir ekan tushungin deysan.

Qanday azob aytgin bu birinchi qor,
Sevgimni topgandim axir bahor,
Gunohim nima ayt birinchi qor?
Sevgim qaytarolmas endi bahor.

Читать далее Скрыть описание
Еще