Mashxurbek Yuldashev - Ona nolasi (tizer)

59486
1197
Информация о видео:
Артисты
Mashxurbek Yuldashev
Режиссеры
Shuhrat Mavlonov
Перейти на страницу артиста
Другие трейлеры Mashxurbek Yuldashev:
Текст: Mashxurbek Yuldashev - Ona nolasi (tizer):

Mayus ko’zlarida bir ishonchi bor,
Hanuz kutmoqda dilbandin yo’lini.
Farzandi safarda yurgan onai-zor
Diydor umidi ovutadi dilini.

Qalbdan chiqar faqat birgina nido:
Omonmisan, jon bolam, bir-donaginam?..
Bolamni panohinga olgin ey Hudo.
Duo qilar ona, hatto tushda ham.

Mol-u dunyo dardida ketdingku uchib,
Havas qilganing bolam o’zga yurtmidi?
Qoldim sensizlikda men zarda ichib,
Onangni tashvishlarga qo’yish shartmidi?

Bolam, puling kerakmas, borliging davlat.
Har bir onimda menga yorliging davlat.
Bag’rimga qaytib kelgin, iltimos qo’zim,
Ko’zlarim shod etib, to’kib yur savlat.

Sog’indim, bolam, ko’zlaringni,
Sog’indim, bolam, so’zlaringni,
Sog’indim, bolam, bo’ylaringni,
Sen ham meni sog’indingmi?..

To’yinga deb pul yig’ib yuribman bolam.
Ortgani ro’zg’orimga yetib turibdi
Seni yaxshi ko’rarkan qo’shni qiz — Sanam,
Hech kimga bildirmay, yig’lab yuribdi.

Tugamas onangning aslo toqati,
Qancha qishlar o’tib, bahorlar qaytdi,
Kamayib bormoqda diydor fursati,
Buni menga oppoq sochlarim aytdi.

Qo’shnimiz qazo qildi ikki kun avval,
Janozada bo’lmagan hech kim qolmadi,
Faqat safarda yurgan o’rtog’ing Sarvar,
Onasin so’ngi yo’lga kuzatolmadi.

Shunday achinarli ekan bu holat
Sen yo’q, umrim tugab, anglab yetyapman,
Fursatni boy bermay, tez yonimga qayt,
Seni ko’rmay o’lishdan qo’rqib ketyapman.

Sog’indim, bolam, ko’zlaringni
Sog’indim, bolam, so’zlaringni
Sog’indim, bolam, bo’ylaringni
Sen ham meni sog’indingmi? (2x)

Читать далее Скрыть описание
Еще