Begzod Ismoilov - Ayol

153686
1979
Информация о видео:
Дата публикации
01.10.2020
Язык
Узбекский
Страна
Узбекистан
Артисты
Begzod Ismoilov
Перейти на страницу артиста
Текст: Begzod Ismoilov - Ayol:

Bu dunyoga kim kelib
Ketishin xudo bilar.
Kimdir bugun yig’lasa,
Kimdir quvonib kular.

Kimdir nolir hayotdan,
Kimdir baxtini tilar.

O’g’il deya, qiz deya,
Farzandlarni ayirmang,
Ayblayverib ayolni,
Qanotini qayirmang.

O’g’il deya, qiz deya,
Farzandlarni ayirmang,
Ayblayverib ayolni,
Qanotini qayirmang.

Har kimni o’z rizqi bor,
O’z o’rni bor dunyoda.
Har kimni o’z rizqi bor,
O’z o’rni bor dunyoda.
Kimdir minib ot chopar,
Kimdir esa piyoda.
Hech kimsa ortiq emas.
Bir-biridan ziyoda.

O’g’il deya, qiz deya,
Farzandlarni ayirmang,
Ayblayverib ayolni,
Qanotini qayirmang.

O’g’il deya, qiz deya,
Farzandlarni ayirmang,
Ayblayverib ayolni,
Qanotini qayirmang.

Farzand turar otaning,
Kasalida, sog’ida.
Suyanch bo’lib onaning,
Qarigan bir chog’ida.
Kimdir yurar zor bo’lib,
Farzand ko’rish dog’ida.
Kimdir yurar zor bo’lib,
Farzand ko’rish dog’ida.

O’g’il deya, qiz deya,
Farzandlarni ayirmang,
Ayblayverib ayolni,
Qanotini qayirmang.

O’g’il deya, qiz deya,
Farzandlarni ayirmang,
Ayblayverib ayolni,
Qanotini qayirmang.

O’g’il yoki qiz ko’rish,
Bog’liq emas ayolga.
Surayyo der: «Berilmang,
Hayot emas xayolga».

O’g’il yoki qiz ko’rish,
Bog’liq emas ayolga.
Surayyo der: «Berilmang,
Hayot emas xayolga».

Inson o’zi bir kelar,
Yolg’onchi bu hayotga.
Inson o’zi bir kelar,
Yolg’onchi bu hayotga.

O’g’il deya, qiz deya,
Farzandlarni ayirmang,
Ayblayverib ayolni,
Qanotini qayirmang.

O’g’il deya, qiz deya,
Farzandlarni ayirmang,
Ayblayverib ayolni,
Qanotini qayirmang.

Читать далее Скрыть описание
Еще