Zarnigor Ganieva - Rashkdan kuydim

2609162
18034
Информация о видео:
Дата публикации
27.09.2020
Язык
Узбекский
Страна
Узбекистан
Артисты
Zarnigor Ganieva
Перейти на страницу артиста
Текст: Zarnigor Ganieva - Rashkdan kuydim:

Mani yo’lim uzoq va yaqin
Sensiz yurgim kelmayapti yor.
Unutarman degandim ammo,
Hech unutib bo’lmayapti yor.

Sezasanmi sog’inganimni?
Og’riydimi yuraging ezib?!
Chiqasanmi sen ham ko’chaga?
Yurasanmi xayollar surib?
Sevamanu yetolmayman hech,
Yo’llarim berk o’tolmayman hech,
Alamim shu alamim bitta,
Kechay desam kecholmayman hech.

Rashkdan o’lsam kelma yonimga,
Menga sening rahming kerakmas.
Kelmasliging bilib turib ham,
Men sevaman shuni bilsang bas.

Rashkdan o’lsam kelma yonimga,
Menga sening rahming kerakmas.
Kelmasliging bilib turib ham,
Men sevaman shuni bilsang bas.
Shuni bilsang bas…

Seni menga yomon dedilar,
Meni senga yolg’on dedilar,
Bizni abgor, bizni xor qilib,
Yallo qilib yuribdi ular.

Hech kimi yo’q bir bechoradek,
Qor ostida qolgan loladek,
Yig’layapman uzun kechalar,
So’nggi nafas, so’nggi choradek.

Sening isming ayriliq bo’ldi,
Mening ismim yolg’izlik yana,
Gullagan dunyolarimni
Ne ahvolga solding bir qara…

Rashkdan o’lsam kelma yonimga,
Menga sening rahming kerakmas.
Kelmasliging bilib turib ham,
Men sevaman shuni bilsang bas.

Rashkdan o’lsam kelma yonimga,
Menga sening rahming kerakmas.
Kelmasliging bilib turib ham,
Men sevaman shuni bilsang bas.
Shuni bilsang bas…

Читать далее Скрыть описание
Еще